O'zbekiston

Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

U Instagramda aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatib kelgan.

Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi

 

Jizzax viloyatida yashovchi diniy ekstremistik oqim tarafdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, 1995-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan S.A. ismli fuqaro  ma’lum vaqt davomida diniy akidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni uyali telefoni orqali muntazam ravishda tarqatib kelgan.

 

U o‘zining uyali telefonidagi instagram ijtimoiy tarmog‘i va telegram messenjerida akkaunt yaratib, u orqali ekstremistik ruhdagi materiallar xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan – Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning akidaparastlik g‘oyalari tarqatgan. 

 

Viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida S.A. qo‘lga olinib, uning mobil telefoni prosessual tartibda rasmiylashtirildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ekspertiza xulosasiga ko‘ra, uning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar to‘liq aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan.

 

Hozirda fuqaroga nisbatan mutasaddi idora xodimlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda ekstremistik oqim tarafdori ushlandi | Zamon.uz