Qashqadaryoda sendvich panellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
Bungacha ushbu mahsulotlar Toshkent va Samarqanddan olib kelingan.

Qarshi shahridagi Qavali kichik sanoat zonasida sendvich panellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qiymati qariyb 9 mlrdni tashkil etgan loyiha 14 500 kv/m sendvich panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 30 ta ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarishni hajmi ortishi evaziga ish o‘rinlari 85 taga yetishi reja qilingan.
Ochilish marosimda qatnashgan viloyat hokimi Murotjon Azimov ushbu mahsulotlar hozirgacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridan olib kelinishi ko‘p vaqtni olishi yoki narxni yuqorilab ketishiga sabab bo‘lganini ta’kidlab, bu kabi ishlab chiqarish loyihalarini ko‘paytirish ham byudjetga, ham aholini ish bilan ta’minlashga zamin yaratishini aytib o‘tgan.








