Qashqadaryoda “Yangi O’zbekiston” massivi qurilishi boshlandi
Massiv uchun salkam 65 gektar ajratilgan.

Kecha, 14 may kuni viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” massivining loyiha taqdimoti o‘tkazildi.
Loyihaga ko‘ra, 64,6 gektarli maydonda 48 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 18 tasini 16-qavatli, 22 tasini 12-qavatli, 8 tasini 9-qavatli uylar tashkil etadi. Massivda 38 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, uning tarkibida amfiteatr, bolalar va sport maydonchasi barpo etiladi.
Shuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti, oilaviy poliklinika, mahalla markazi va tadbirkorlik binosi, savdo majmuasi quriladi.
Loyihalar taqdimotidan keyin Qur’on tilovat qilinib, jonliq so‘yildi. Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilish ishlariga start berildi.
“Yangi O‘zbekiston” massivi uchun viloyat markaziga kirib kelishdagi “Chaman” MFY hududida barpo etiladi.








