O'zbekiston

Jizzaxda 300 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi

Jami 14 bosh qo‘y go‘shti Toshkentga olib ketilayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Jizzaxda 300 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi

 

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi “Manas–14” yo‘l patrul xizmati maskanida 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.  

 

Qayd etilishicha, IIB xodimlari “Ford” rusumli avtomashinani to‘xtatib, uning ichini tekshirgan.  Mazkur  jarayonda mashina yukxonasida 14 bosh qo‘yning 300 kilogramm go‘shti sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgani aniqlangan. Go‘shtning egasi mahsulotga oid hujjatlarni taqdim etmagan va yukni Toshkentga olib ketayotgani ma’lum qilgan. 

 

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, go‘sht mahsulotlari saqlash uchun Jizzax shahri elektr tarmoqlari korxonasiga qarashli muzxonaga joylashtirilgan.  

 

“Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib boryapmiz. Mahsulot veterinariya-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, yaroqli deb topilsa, go‘sht o‘z egalariga qaytarib beriladi. Agar iste’mol uchun yaroqsiz deb topilsa, yoqib yo‘q qilinadi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda 300 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi | Zamon.uz