O'zbekiston

O‘zbekistonda shamol va quyosh “atlasi” ishlab chiqiladi

Senat yig‘ilishida mamlakatdagi iqlim muammolari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda shamol va quyosh “atlasi” ishlab chiqiladi

 

Joriy yil 14-may kuni Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabar berdi.


Unda iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan vazifalar bajarilishi holati yuzasidan O‘zgidromet xizmati markazi Bosh direktorining axboroti eshitilgan.

 

Qayd etilishicha, Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarni tobora erib borishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradasiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.

 

Mamlakatda iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoqilg‘i-energetika, sanoat, qurilish tarmoqlaridan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarni keskin kamaytirish maqsadida hozirda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha keng qamrovli Strategiya, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturi hayotga tatbiq etilmoqda.  Xususan, O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida 2030 yilga yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35% kamaytirishga erishiladi.

 

Shuningdek, Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi kiritilgan 51 ta tadbirdan hozirda 16 tasi to‘liq bajarilgan. 


Senatorlar tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan vazifalarni oxiriga  yetkazish  va boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq, tegishli taklif va tavsiyalar berilgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi shamol atlasi”ni hamda “O‘zbekiston Respublikasi quyosh atlasi”ni ishlab chiqish shular jumlasidandir.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda shamol va quyosh “atlasi” ishlab chiqiladi | Zamon.uz