O'zbekiston

Qashqadaryoda MCHJ rahbari 4500 dollar pora bilan ushlandi

U ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat xizmat ko‘rsatish huquqini boshqa tashkilotga o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan.

Qashqadaryoda MCHJ rahbari 4500 dollar pora bilan ushlandi

 


Qarshi shahrida tadbirkorning 5 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shirkat rahbari va uning nazoratchisi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. 

 

Qayd etilishicha, “P.K.” MCHJ rahbari J.R. shirkat hududidagi 11 ta ko‘p qavatli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatish huquqini “Ya.O.” MCHJga o‘tkazib berishni va’da qilib, 5000 AQSH dollariga talab qilgan. Shundan so‘ng kelishilgan pulning 4500 AQSH dollarini nazoratchisi M.A. orqali qo‘lga kiritgan. Nazoratchi ushbu pullarni noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchi I.R.dan 50,1 mln so‘mga ayirboshlab olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining  168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumani hokim yordamchisi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.