O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev SHHT Bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda xalqaro maydondagi dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT Bosh kotibini qabul qildi

 

Bugun, 16-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Chjan Minni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Uchrashuvda SHHT doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekistonning Tashkilotga raisligi davridagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Joriy yil uchun rejalashtirilgan uchrashuv va yig‘ilishlarning yarmi muvaffaqiyatli o‘tkazib bo‘lingani mamnuniyat bilan qayd etildi. Samarqand shahrida bo‘lajak SHHT sammiti hujjatlarini kelishish borasida faol ish olib borilmoqda.

 

Barqarorlik va xavfsizlik uchun xavf tug‘dirayotgan xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda Tashkilot salohiyatini kuchaytirish, “Shanxay ruhi” prinsiplari asosida ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

 

Transport sohasida o‘zaro bog‘liqlik, “yashil” energetika, innovasiyalar, raqamli iqtisodiyot, sanoat kooperasiyasi borasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Pandemiyadan keyingi davrda faol madaniy-gumanitar aloqalar va turizm almashinuvini qayta tiklash lozimligi haqida yakdil fikr bildirildi.

 

Shuningdek, xalqaro kun tartibining dolzarb muammolariga ham to‘xtalib o‘tildi. Afg‘oniston masalasida SHHT rolini oshirish hamda ushbu mamlakatni infrutazilmaviy rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarga faol jalb qilish zarurligi qayd etildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev SHHT Bosh kotibini qabul qildi | Zamon.uz