AQSH Somaliga harbiylarini qaytarmoqchi
Ular hamkasblariga jangarilarga qarshi kurashni o‘rgatadi.

AQSH maxsus kuchlarining 500 ga yaqin maslahatchisi Somaliga boradi va u yerda mahalliy kuchlarni “Ash-Shabab” radikal guruhi jangarilariga qarshi samaraliroq kurashishga o‘rgatadi. Bu haqda “The Guardian” xabar bermoqda.
AQSH ma’muriyatining bu harakati Vashington pozitsiyasi o‘zgarganidan dalolat beradi. Prezidentlik faoliyatining so‘nggi haftalarida Donald Tramp kutilmaganda Somalidan 750 nafar amerikalik qo‘shinni olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
O‘shandan beri “Ash-Shabob” guruhi kuchayib bordi – hujumlar soni, jumladan, AQSH xodimlariga qarshi ham ko‘paygan.
Ma’lumot uchun: Somali 1991-yilda mamlakatda prezident Siad Barre ag‘darilganidan beri virtual anarxiya sharoitida yashab kelmoqda.








