O'zbekiston

“NestOne”da ishlagan 739 kishi oyliksiz qolib, namoyish o‘tkazdi

Jami 2 mlrddan ortiq maosh o‘z vaqtida to‘lanmagani aniqlandi.

“NestOne”da ishlagan 739 kishi oyliksiz qolib, namoyish o‘tkazdi

 

Ijtimoiy tarmoqda “Tashkent city” hududidagi “NestOne” binosi qurilishida ishlayotgan ishchilarning maoshi o‘z vaqtida berilmagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha,  bugun, 17 may kuni Toshkent shaxar davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan tarqalgan xabarlar bo‘yicha o‘rganish olib borilgan. O‘rganish davomida “Nestone” qurilishida ishlayotgan 312 nafar ishchining aprel oyi ish haqlari uchun 1 mlrddar ziyod (1 007 001 825.87) maosh “Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK tomonidan o‘z vaqtida to‘lab berilmagani aniqlangan. Shu kunning o‘zida ishchilarning maoshi to‘lab berilishi ta’minlangan. 

 

Shuningdek, “Nestone” qurilishida ishlayotgan “Ozguven tasarim mimarlik insaat sanayi ve ticar” PUning 427 nafar ishchisi ham aprel oyi uchun ish haqi olishmagan. Norozilik namoyishidan so‘ng ularning 1 mlrddan ziyod (1 346 355 177.06) maoshi to‘lab berilgan. 

 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mehnat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi 1066-sonli Nizomiga muvofiq, Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 17 may kuni Ozguvn mimarlik inshaat” MCHJ XK va ”Ozguven tasarim mimarlik” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbari Guven Mehmetra nomiga yozma ko‘rsatma berilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“NestOne”da ishlagan 739 kishi oyliksiz qolib, namoyish o‘tkazdi | Zamon.uz