O‘zbekiston Kann kinofestivalida ishtirok etmoqda
Delegatsiyamiz bu yil uchinchi marotaba Marche Du Films xalqaro kinoyarmarkasida o‘z Milliy pavilyonini ochishga tayyorgarlik ko‘ryapti.

O‘zbekiston delegatsiyasining festivalda mamlakat imkoniyatlarini namoyish qilishida Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston havo yo‘llari, Orient Group va Asialux Travel ko‘mak bermoqda.
Festivalda mashhur rejissyor va prodyuserlar uchun Fransiyaning diqqatga sazovor joylarida suratga olish uchun maxsus takliflar tayyorlab qo‘yilgan.
Bu yil O‘zbekiston uchinchi marotaba mashhur Kann kinofestivalida – Marche Du Films xalqaro kinoyarmarkasida o‘z Milliy pavilyonini ochish tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.
Maʼlumot o‘rnida, kinofestival anʼanaga ko‘ra, har yili may oyi oxirida Kanndagi festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi. Festival ilk bor 1946 yilda o‘tkazilgan.







