Zelenskiy Makron bilan telefon orqali suhbatlashdi
Muloqotda yangi saksiyalar paketini tayyorlash muhokama qilingan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron bilan telefon orqali gaplashdi.
Ukraina prezidenti fransiyalik hamkasbiga harbiy harakatlarning borishi va “Azovstal”dan harbiylarni qutqarish operasiyasi haqida gapirib bergan. Bundan tashqari, Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralar jarayonining istiqbollari, Ukrainaga yoqilg‘i yetkazib berish va Fransiyadan harbiy yordam olish kabi muhim mavzular muhokama qilingan.
“Shuningdek, Fransiyadan mudofaa ko‘magi olish, sanksiyalarning 6-paketini tayyorlash va Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning mumkin bo‘lgan yo‘llari ham muhokama qilindi. Biz YeIga kirish uchun nomzod maqomini olish bo‘yicha arizamizni ko‘rib chiqishni batafsil muhokama qildik”, — dedi Zelenskiy.








