19 may kuni BRIСS davlatlari TIV rahbarlari uchrashadi
Unga Xitoy vakili rahbarlik qiladi

BRIСSdavlatlari tashqi ishlar vazirlari 19 may kuni uchrashadi. Bu haqda Xitoy TIV maʼlumot berdi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbinning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv virtual formatda o‘tkaziladi. Unga Xitoy TIV rahbari Van I raislik qiladi.
BRIСS– Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR davlatlari tomonidan tuzilgan tashkilot. Unga 2006 yilda asos solingan.
Avvalroq Tojikistonda MDH tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.







