Andijonda yog‘och-mashinalar yasalmoqda
Asli farg‘onalik naqqosh yog‘och o‘ymakorligida yangi yo‘nalishga qo‘l urdi.

Andijondagi ustaxonada yog‘och detallar yordamida turli ko‘rinishdagi avtomashinalar yasalmoqda. Bu haqda “Yangi davr” informatsion dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, asli farg‘onalik Baxtiyor ismli naqqosh Andijonda yashab, ijod qiladi. Uning ustaxonasida chet el avtomobillari, harbiy texnikalar va yuk mashinalarining yog‘och variantlari yasaladi.
“Bu yo‘nalishda har xil narsalarni tayyorlab ko‘rdik. Yog‘och o‘ymakorligida yangilik qilish maqsadida endi avtomobillarni yasashni boshladik”, — deydi usta.
Ta’kidlanishicha, qo‘l mehnati yordamida tayyolangan ushbu mashinalar o‘yinchoq emas, san’at asari hisoblanadi. Bitta mahsulotni yasash uchun 20 kundan 1 oygacha vaqt sarflanadi.
Javohirbek TURSUNOV








