O‘zbekiston–Italiya o‘rtasidagi futbol yakunlandi
O‘zbekistonliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Bugun, 18-may kuni “Paxtakor” markaziy stadionida O‘zbekiston va Italiya terma jamoalarining faxriy o‘yinchilari o‘rtasidagi futbol bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etilishicha, gollarga Sanjar Tursunov, Ne’matullo Qutiboyev va Server Jeparov mualliflik qilgan. Mehmonlarning har ikkala goli Yakvinta tomonidan kiritilgan.








