Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi
Joriy yilda ularning 2 tasini qayta tiklash boshlangan.

Toshkent shahar hokimligida qadimiy poytaxt darvozalarini qayta tiklash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda qayta tiklash ishlarini jadallashtirish, darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar, soha mutaxassislari va davlat tashkilotlari masʼul xodimlarini jalb qilgan holda tizimli ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratildi.
O‘tgan yilning 18-oktyabrida Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahrining 12 ta qadimiy darvozasini tiklash va ularning joylashgan koordinatalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 356-14-0-Q/21-sonli qarori bo‘yicha Ishchi guruh shakllantirilgan edi.
Yig‘ilishda bugungi kungacha bajarilgan ishlar Ishchi guruh tomonidan sarhisob qilinib, joriy yilda Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani aytib o‘tildi.







