O'zbekiston

Toshkentda qariyb 7 tonna yaroqsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

Shuningdek, boshqa yaroqsiz mahsulotlar savdodan chetlashtirilgan.

Toshkentda qariyb 7 tonna yaroqsiz go‘sht sotilayotgani aniqlandi

 

Veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent shahri dehqon bozorlaridagi 30,6 ming tonna go‘sht, 103 ming tonna o‘simlik mahsulotlari, 163,8 mln dona tuxum, 6,6 ming tonna sut va sut mahsulotlarining isteʼmolga yaroqsiz ekanligi aniqlangan.

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov maʼlum qildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 6,8 tonna go‘sht va go‘sht maxsulotlari, 43,5 tonna o‘simlik, 89 ming dona tuxum, 4,7 tonna sut va sut mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz bo‘lgani tufayli savdodan chetlashtirilgan va zararsizlantirib yo‘qotilgan.

 

"Davlat veterinariya xizmati ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda 58 holatda amaldagi qonun talablari va normalarining buzilish holatlarida jami 12 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda zararsizlantirildi", – deydi brifingda Alisher Safarov.

custom img

Gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi uchun chegirma joriy etilishi mumkin

Energetika vaziriga ko‘ra, bu bo‘yicha hududlarning xususiyatlari va energoresurslar bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olgan holda yangi tariflash tizimi ishlab chiqilmoqda.

custom img

Toshkentda “keshbek” tizimi orqali 4,7 mlrd so‘mlik budjet mablag‘i talon-toroj qilindi

Mas’ullar kompyuter texnikasi orqali go‘yoki 76,2 milliard so‘mlik mahsulot realizatsiya qilingani haqida soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirgan.

custom img

Davlat xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtiriladi

Yangi tizim 54 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchisini qamrab olishi, bonus va ustamalar esa xodimning natijadorligi hamda tashabbuskorligiga bog‘lanishi ko‘zda tutilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ayrim qoidabuzarliklar uchun avtomobil 1 yilgacha olib qo‘yilishi mumkin

Deputatlar avtomobilni vaqtincha olib qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

custom img

Surxondaryoda qariyb 100 yillik 11 tup archa noqonuniy qo‘porildi

Daraxtlarni qo‘porish ishlari ekologiya xodimlarining ogohlantirishlariga qaramay amalga oshirilgani bildirildi.

custom img

Toshkentda ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi, bir yo‘lovchi jarohatlandi

Jabrlanuvchi avtobus haydovchisi tomonidan tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya klinikasiga yetkazilgan.

custom img

Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi belgilanmoqda

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Prezident Administratsiyasi mansabdor va xizmatchi xodimlari faoliyatining huquqiy kafolatlarini ham mustahkamlaydi.

custom img

Farg‘onada 5 yil davom etgan noqonuniy qurilish to'xtatildi

Qurilish Prezident Administratsiyasi rahbari tashabbusi bilan olib borilgan ishlar doirasida demontaj qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"