Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 9 mlrd yevro ajratadi
Yevrokomissiya mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun davlatlarni birlashtirmoqchi.

Yevrokomissiya Ukrainaga yana bir makromoliyaviy yordam paketini ajratishni taklif qildi. Uning miqdori 2022 yilda 9 milliard yevrogacha bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yevropa Ittifoqi prezidenti Twitterda ma’lum qildi.
Yevrokomissiya Ukraina iqtisodiyotini tiklash dasturini yaratishni va bu yo‘nalishda Ittifoqqa a’zo davlatlar, xalqaro homiylar, moliya institutlari va boshqa sheriklarning sa’y-harakatlarini birlashtirishni taklif qilmoqda. Fon der Leyenning fikricha, iqtisodiy tiklanish sarmoya va islohotlar kombinasiyasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Ittifoq prezidenti, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan mudofaa xarajatlari ortganini eslatib o‘tdi va bu mablag‘larni sarflashda muvofiqlashtirish zarurligini qayd etdi. U Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mudofaa ta’minotini birgalikda rejalashtirish bilan shug‘ullanadigan ishchi guruh tuzmoqchi.








