Afg‘onistonda teleboshlovchi ayollarga efirda yuzini yopish sharti qo‘yildi
Bu orqali hukumat barcha afg‘on ayollariga namuna ko‘rsatmoqchi.

Afg‘onistonda mahalliy telekanallarning ayol boshlovchilariga yuzini yopgan holda efirga chiqish talabi qo‘yildi. Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi.
Qayd eilishicha, bu farmoyish Tolibon hukumatining yaqinda afg‘on ayollari omma oldida yuzlarini yopishlari kerakligi haqidagi ko‘rsatmasidan so‘ng chiqqan.
Tolibonning ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish bo‘yicha vazirligi matbuot kotibi Akif Muhajirning aytishicha, teleboshlovchi ayollar Afg‘onistondagi barcha xotin-qizlar uchun yaxshi namuna bo‘lib xizmat qiladi.








