Alisher Usmonov rafiqasi bilan ajrashmoqchi
Sud tomonlarga yakuniy qarorni qabul qilish uchun ikki hafta muhlat bergan.

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov rafiqasi Irina Viner bilan 30 yillik turmushidan so‘ng ajrashmoqchi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, tadbirkor may oyi boshida ajrashish uchun ariza topshirgan. Moskvaning Krilask tumani sudi Usmonovning da’vosini 7 iyun kuni ko‘rib chiqadi. Uning rafiqasi ushbu fuqarolik ishida javobgar hisoblanadi. Sudda tomonlarning birgalikda sotib olgan mulki bo‘yicha hech qanday masala hal etilmaydi.
Ma’lumot uchun: Alisher Usmonov Irina Viner bilan 1992-yilda turmush qurgan.








