Putinning qizi Yekaterina baletchi Zelenskiy bilan oila qurdi
U avvalroq Kirill Shamalov bilan ajrashgan edi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning qizi Yekaterina Tixonova Bavariya davlat baletining sobiq badiiy rahbari Igor Zelenskiy bilan oila qurdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kirill Shamalov bilan bir necha yil oldin ajrashgan 35 yoshli Tixonova so‘nggi yillarda o‘zining yangi turmush o‘rtog‘i bilan ikki mamlakatda - Rossiya va Germaniyada yashagan. Ularning hatto qizi ham bor.
52 yoshli Igor Zelenskiy taniqli balet raqqosasi hisoblanadi. Yaqin vaqtgacha u Bavariya davlat baletiga rejissorlik qilgan va 2022 yilning aprelida, shartnoma muddati tugashidan ancha oldin iste’foga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gʻarbning Rossiyaga nasbatan joriy qilgan sanksiyalari prezident Vladimir Putinning oilasiga, xususan uning qizlariga ham tegishli ekani xabar qilingandi.








