O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda mumiy qiymati 182 million dollarlik 14 ta loyiha ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi

 

Bugun, 19 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasini yanada rivojlantirish, foydali ma’danlar va yerosti suvi zaxiralarini kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston geologiyasi ham ilm, ham texnologiya jihatidan kuchaytirilgani natijasida qidiruv ishlarining qamrovi kengaydi, yerosti boyliklarining yangi zaxiralari aniqlandi. Ularga asoslanib, yirik korxonalar qurilmoqda, istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

 

Xususan, uran bo‘yicha 27 ta yangi kon ochilib, barqaror xomashyo bazasi yaratildi. Lekin sohadagi imkoniyatlar ancha ko‘p. Shu bois davlat rahbari nodir va noyob metallar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

 

Taqdimotda mutasaddilar shu borada ishlab chiqilgan rejalar yuzasidan axborot berdi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 182 million dollarlik 14 loyiha shakllantirilgan. 

 

Prezident bu loyihalar bilan chegaralanmasdan, yuqoriroq marra olish kerakligini ta’kidladi.

 

Shu maqsadda, 2022-2026 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Bu dasturda 8 ta yangi kon va 18 ta istiqbolli maydon hisobiga uran zaxirasini oshirish, zamonaviy burg‘ilash uskunalarini olib kelish, raqamli geologiya modelini yaratish ko‘zda tutiladi.

 

Shuningdek, “Navoiyuran” davlat korxonasini transformasiya qilish, xorijiy mutaxassislarni jalb etib, texnologik jarayonlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Uran zaxirasini xalqaro standartlarga muvofiq baholash, so‘nggi texnologiyalar asosida rudadan uranni ajratib olish darajasini oshirish muhimligi qayd etildi.

 

Taqdimotda istiqbolli konlarni tayyorlash va ularga investorlarni jalb qilishga oid taklif ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida “Yangi kon” loyiha ofisi tashkil etish, uning ustav kapitaliga 15 million dollar ajratish mo‘ljallangan. Bu loyiha ofisi litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihalarini amalga oshiradi.

 

Davlat rahbari jahon bozorida uran narxi barqaror o‘sib borayotgani, yangi loyihalarda bu xomashyoni qayta ishlash va qo‘shilgan qiymat yaratishga alohida e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

 

Albatta, buning uchun malakali kadrlar ham zarur. Shu bois Prezident tashabbusi bilan Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgan edi. Navoiy konchilik institutiga universitet maqomi berildi. Italiyaning Piza hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg konchilik universitetlari bilan qo‘shma dasturlar tuzildi.

 

Lekin, zamonaviy bilimga ega, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarinini tayyorlash sust. Jumladan, birgina Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida yiliga 300 dan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarga ehtiyoj bor.

 

Shu bois Zarafshon, Angren va Gʻuzordagi texnikumlarda geologiyaga ixtisoslashgan yo‘nalishlarni ko‘paytirib, malakali ishchilar tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

 

O‘tgan yili mamlakatimizda mis sanoati klasteri tashkil etilgan edi. Dasturga ko‘ra, mis ishlab chiqarishni yagona “zanjir” asosida 2 baravarga ko‘paytirib, 8 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish reja qilingan.

 

Taqdimotda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham hisobot berildi.

 

Mintaqadagi eng dolzarb muammolardan biri bu – suv tanqisligi. Bunday sharoitda yerosti suvidan aql bilan foydalanish zarur. So‘nggi yillarda yerosti suvining sathi mamlakatda 13 ta tumanda 5 metrgacha, 9 ta tumanda 20 metrgacha pasaygan.

 

Shu bois Prezident mutasaddi tashkilotlarga yerosti suvi zaxiralarini ko‘paytirish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi | Zamon.uz