Vashingtonning "Tolibon" bilan kelishuvi Kobulning tezda qulashiga sabab bo‘lgan
Bu haqda AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha inspektori maʼlum qildi.

Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha AQSH bosh komissari Jon Sopko nima uchun respublika tuzumi qulaganini ochiqladi.
Unga ko‘ra, Vashingtonning "Tolibon" bilan kelishuvi Ashraf G‘ani hukumatining tushkunlikka tushishiga asosiy sabab bo‘lgan. Bu afg‘on xavfsizlik kuchlarining ruhiy holatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatgan.
Sopko tayyorlagan maxsus hisobotda ko‘rsatilishicha, AQSH kelishuv imzolanganidan so‘ng, toliblarga qarshi avizarbalarni kamaytirgan. Bu afg‘on armiyasi jangovor qobiliyatini pasaytirgan.
Shuningdek, Sopkoning fikricha, "Tolibon" bilan shartnoma Qo‘shma Shtatlarga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib kelgan. Kobulning qulashiga esa qo‘shimcha tarzda Ashraf G‘ani administratsiyasida aniq reja bo‘lmaganligi va kuchishlatar tizimlardagi doimiy o‘zgarishlar sabab qilib ko‘rsatilgan.
Avvalroq Mozori-Sharif aeroporti o‘zbek mutaxassislari tomonidan taʼmirlanayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







