Farg‘onada IIB xodimini haqoratlagan ayolga jinoyat ishi ochildi
U bundan oldin ham sud hukmi bilan jazoga tortilgan.

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida IIB xodimini haqorat qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIВ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16-aprel kuni soat 21:00 larda Quvasoy shahar “H.Olimjon” MFY, Sarbazor ko‘chasi hududida IIB profilaktika inspektori Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining hukmi bilan 4 yil 2 oy 8 kun ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan Yu.D. ismli ayolning maqsadsiz yurganligini aniqlab, ushbu holatni belgilangan tartibda rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan.
Yu.D ismli ayol sudning soat 19:00 dan 06:00 ga qadar u yoki bu sabab bilan yashash joyini tark etmasligi haqidagi talabini buzgan va profilaktika inspektori o‘z xizmat burchini bajarayotgan vaqtida uning qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan. Shuningek, ko‘pchilik fuqarolar oldida xodimning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (haqorat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








