Maymunchechak dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda
JSST kasallik avj olishi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Maymunchechak kasalligi dunyo bo‘ylab tez tarqalmoqda. Qo‘shma Shtatlar, Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Portugaliya va Buyuk Britaniyada maymunchechakning bir nechta holatlari tekshirilmoqda. Ushbu infeksiya aniqlangan mamlakatlar ro‘yxatida Fransiya, Italiya, Shvesiya va Avstraliya ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maymunchechak ko‘pincha Markaziy va Gʻarbiy Afrikaning chekka hududlarida uchraydi. Bu kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya hisoblanib, kasallik, odatda, nisbatan yengil kechadi va ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi. Uning simptomlari 14 kundan 21 kungacha davom etadi. Terining ta’sirlangan joylarida qichishish yoki og‘riq sezilishi mumkin.
Avvalroq Rossiya hukumati mamlakatning Ukraina bilan chegaradosh hududlarida vabo tarqalishiga tayyorgarlik ko‘ra boshlagani xabar qilingandi.








