Pentagon matbuot kotibi Oq uyga o‘tkaziladi
Jon Kirbi 2021 yil yanvaridan AQSH mudofaa vazirligi axborot xizmatini boshqarib kelayotgandi.

Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi tez orada Oq uyga ishga o‘tishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kirbi AQSH milliy xavfsizligi bilan bog‘liq amaldorga aylanadi va Oq uyning jamoatchilik bilan aloqalari bo‘yicha vakili etib tayinlanadi. Uning yangi vazifasi zarurat tug‘ilganda AQSH prezidenti matbuot kotibi vazifasini bajarishni ham taqozo etadi.
Kirbi 2015-2017 yillarda Qo‘shma Shtatlarning bosh tashqi siyosiy idorasi — Davlat departamenti matbuot xizmatini boshqargan. 2021 yil yanvarida esa AQSH mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari etib tayinlandi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki lavozimini tark etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







