Toshkentdagi “Samarqand darvoza” atrofida avtomobillar harakati cheklanmoqda
Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Toshkentning Samarqand darvoza va Qoratosh ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21 maydan boshlab mazkur chorraha va unga olib keluvchi Samarqand darvoza, Ko‘kcha davoza, Qoratosh ko‘chalarida bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari olib boriladi.
“Ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi”, — deyiladi xabarda.








