Yoshlar ishlari agentligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Tizimda faoliyat yuritgan 2 nafar xodim direktorga o‘rinbosar bo‘ldi.

Yoshlar ishlari agentligi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi ma’lum qildi.
Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar J.Xodjayev Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Ablayarov Feruz Karimovich O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar F.Ablayarov Yoshlar ishlari agentligida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.








