Bayden AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini maʼlum qildi
Amaldagi elchi Deniyel Rozenblyum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko‘rsatdi. Oq uy buni 20 may kuni eʼlon qilgan.
Henik Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi joriy elchisi Daniyel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Henik to‘liq tasdiqlanguncha, Rozenblum amaldagi vazifasini davom ettiradi.
Maʼlumot o‘rnida, Nyu-Yorkda ulg‘aygan Henik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat edi.
Ayni damda nomzod AQSH Mudofaa universitetining Kiberxavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining masʼuli sifatida faoliyat olib bormoqda. Diplomat dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkir mutaxassis hisoblanadi.
Henik, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishida uzoq yillar xizmat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga AQSH delegatsiyasi tashrif buyurishi xabar qilingandi.







