Jo Bayden va o'g'lining Rossiyaga kirishi taqiqlandi
«Qora ro'yxat»ga AQSh Senatning deyarli toʻlaqonli aʼzolari kiritildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga doimiy ravishda kirishi taqiqlangan va shaxsiy sanksiyalar qo‘llanilgan 963 nafar amerikalik fuqarolar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga AQSh prezidenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanter kiritilgan. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Roʻyxatda Kongress va Senatning deyarli toʻlaqonli aʼzolari hamda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ham bor
Shuningdek, "qora ro'yxat"ga "Blackwater PMC" asoschisi Erik Prins, Oq uyning sobiq matbuot kotibi Jen Psaki, Davlat departamenti spikeri Ned Prays kiritilgan.
Shu bilan birga Rossiya Kanada uchun ham xuddi shunday ro'yxatni e'lon qildi, unda Bosh vazir Jastin Tryudo ham bor edi.







