Buxoroda o‘quvchi qiz direktor tomonidan kaltaklandi
Holatga viloyat XTB rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklangani fks etgan videoyozuv tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Holatga aniqlik kiritish maqsadida boshqarma mas’ullari tomonidan ishchi guruh tuzilib, tegishli tashkilotlar va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan.
Aniqlanishicha, 8-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi qiz maktabning “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilmagan va maktab direktori uni jazolash maqsadida kaltaklagan.
“O‘z vazifasini bajarishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygan, o‘quvchiga nisbatan kuch ishlatishga uringan maktab direktorining xatti-harakati yuzasidan IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha tegishli qonuniy chorralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.








