O‘zbekistonga AQSH delegatsiyasi tashrif buyuradi
Tashrif 23-25-may kunlariga to'g'ri kelmoqda.

Joriy yilning 23-25-may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tadi. Unga AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchilik qiladi.
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar ikki davlat munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon matbuot kotibi Oq uyga o‘tkazilishi xabar qilingandi.







