O'zbekiston

Andijonda shifokorlar xatosi bilan bemor qornida salfetka qolib ketdi

10 oy o‘tib, bemor qayta operatsiya qilingan.

Andijonda shifokorlar xatosi bilan bemor qornida salfetka qolib ketdi

 

Andijon viloyati Asaka tumanida bemor qornida operatsiya vaqtida qoldirib ketilgan satfetka 10 oy o‘tib, jarrohlar tomonidan olindi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, 2020 yilning 5 oktabr kuni Asaka tumani “Gʻanchayuz” MFY Gʻanchayuz ko‘chasida yashovchi O‘.D.ni tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2-sonli tug‘ruq uyiga “Homiladorlik-1, tug‘ruq 0, 39 xafta 4 kun. Qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin yorilishi” tashxisi bilan shifokor akusher-ginekolog F.Xusanova va doya Soliyevalar qabul qilib olgan. 

 

Muayyan tug‘ruq jarayoni bo‘lmaganligi sababli nazorat olib borish maqsadida xasta xomiladorlar bo‘limiga yotqizilgan. Reja asosida laborator va instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Kuzatuv davomida ayol xolati qoniqarli (homila xarakati mavjud, yurak urishi xar daqiqada 142 zarba) deb baholangan. 


7 oktabr kuni ayolda muayyan tug‘ruq jarayoni boshlanganligi sababli “Homiladorlik 1, 39 xafta 6 kun, tug‘ruqning 1-davri latent fazasi, kamqonlik o‘rta og‘ir daraja, qog‘onoq pardani tug‘ruqdan oldin yorilish” tashxisi  bilan tug‘ruq o‘tkazish rejasi tuzilgan. Shu  kuni soat 17:30 da tug‘ruq bo‘limi shifokorlari I. Raxmonberdiyeva, M. Muxtorova tomonidan konsilium o‘tkazilib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tug‘ruqning 1-davri aktiv fazasi, kamqonlik o‘rta og‘ir daraja, qog‘onoq pardani tug‘ruqdan oldin yorilishi” tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, portogramma yuritish, nazorat belgilangan. Soat 21:30 da ayol xolati qoniqarli bo‘lib, to‘lg‘oq kuzatilib, bachadon buyinchasini ochilishi samarasiz, xomila yurak urishida taxiaritmiya kuzatilgan bo‘lib, uning soni xar daqiqada 178 zarbani tashkil etgan, oxanglari bug‘iqlashgan. Shu xolatdan kelib chiqib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tug‘ruqning 1-davri aktiv fazasi, xomilaning nomuayyan xolati (ishonchsiz), qog‘onoq pardaning tug‘ruqdan oldin yorilishi, kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi belgilanadi.


Shundan so‘ng ayolning oila a’zolari bilan suxbat olib borilib, jarrohlik muolajasiga yozma rozilik olingan. Jarroxlik muolajasi Kesercha-kesish usulida o‘tkazilgan. 7 oktyabr kuni soat 21:48 da jinsi o‘g‘il, vazni 3600 gr bo‘lgan tirik chaqaloq tug‘ilgan. Jarroxlik amaliyoti SMA org‘iqsizlantirilishi yo‘li bilan amalga oshirilgan. Asoratlar kuzatilmagan. Jarrohlikdan so‘ng bemor intensiv kuzatuv olib borish xonasiga o‘tkazilib, infuzion, antibakterial terapiya olib borilgan. 12 oktyabr kuni O‘.D.ga qoniqarli axvolda tirik chaqaloq bilan 10-OP shifokor va patranaj xamshirasi nazorati olib borish tavsiyasi bilan uyiga ketishga ruxsat  berilgan.

 

2021 yilning 16 avgust kuni Asaka tuman SHTYOB bo‘limiga o‘tkir bitishmali ichak tutilishi tashxisi bilan O‘.D. yotqizilgan. Bemor zaruriy laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilib, zudlik bilan operatsiyaga olingan. Tashrix vaqtida bemorning ingichka ichagiga  yot jism tiqilib qolganligi aniqlangan. Yot jism olingan va  u salfetkaligi aniqlangan, ichak jarohati tikilgan.  Chuvalchangsimon o‘simtasi ikkilamchi yallig‘langanligi uchun olib tashlangan. Operatsiyadan keyingi davr tinch o‘tgan.  


2021 yilning 20 avgust kuni qoniqarli holatda rejali jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilgan. 28 avgust kuni bemor qoniqarli xolatda uyiga ketishga ruxsat  berilgan. 


Fuqaro O‘.D va uning farzandi hozirda amaliy sog‘lom, salomatligi bo‘yicha hech qanday shikoyat va e’tirozlari yo‘q. Tashrix vaqtidagi olingan video  yozuv kelgusida shifokorlar orasida tashrix vaqtida bunday qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasliklari, shifokorlarni hushyor  bo‘lishligi uchun olingan va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda shifokorlar xatosi bilan bemor qornida salfetka qolib ketdi | Zamon.uz