AQSHda 82 yoshli ayol universitetni tamomladi
U endi tadbirlar tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritadi.

AQSHning Merilend shtatida yashovchi 82 yoshli ayol universitetni tamomlab, bakalavr darajasini oldi. Bu haqda “United Press International” nashri xabar berdi.
Hamshira sifatida uzoq vaqt ishlagan 82 yoshli Mey Bil Merilend universitetiga biznes menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirgan. U tadbirlarni tashkil etish biznesini rivojlantirish uchun ko‘nikmalarga ega bo‘lishni xohlagan.
“Medicare va Medicaid Services markazlarida bo‘lganimda, men bir nechta katta tadbirlarni tashkil qildim va hamma hayratda qoldi, shuning uchun men ularning IT bo‘yicha konferensiyalarini muvofiqlashtirishni boshladim”, — deydi ayol.
82 yoshini qarshi olgan kuni u diplom olish uchun auditoriya sahnasiga chiqdi.








