O'zbekiston

Namanganda sel suvlari avtomobil ko‘prigiga zarar yetkazdi

Hozirda viloyat FVB va uning quyi tizimlari shay holatga keltirilgan.

Namanganda sel suvlari avtomobil ko‘prigiga zarar yetkazdi

 

Bugun, 22-may kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida kuchli sel kelishi kuzatildi. Holat bo‘yicha viloyat FVB tezkor munosabat bildirdi. 

 

Xabar qilinishicha, sel oqibatida “Iskovot–Baliqko‘l” avtomobil yo‘lining 6-7 kilometrida joylashgan ko‘prikning chap tomoni qisman yemirilgan. Ushbu hududdagi aholi yashash xonadonlari va ekin maydonlariga zarar yetmagan. 

 

“Hozirda ko‘prik to‘liq nazoratga olingan. Sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari kun-u tun shay holatda”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand tumanida kuchli sel kelgandi. Oqibatda fuqaroga tegishli “Jiguli”ga texnik zarar yetgan.

 

Javohirbek TURSUNOV

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda sel suvlari avtomobil ko‘prigiga zarar yetkazdi | Zamon.uz