Namanganda Xalqaro gullar festivali start oldi
Bayram gullar avtoparadi bilan boshlangan.

Bugun, 22 may kuni Namangan viloyatida 61-Xalqaro gullar festivaliga start berildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bayram Namangan xalqaro aeroportida Gullar avtoparadi bilan boshlangan. Avtoparaddan o‘rin olgan turli transport texnikalarida xalqlar do‘stligi kompozisiyasi tasvirlangan.
Viloyat markazidagi Tinchlik xiyobonida festivalning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.Unda viloyatimiz faollari, martabali mehmonlar, chet el delegasiyalari OAV vakillari va blogerlar, keng jamoatchilik ishtirok etgan. Xorijlik mehmonlar Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida gullar ekspozisiyalari bilan tanishib, gulchilar bilan suhbatlashgan.
Ma’lumot uchun: Namangan shahridagi gullar festivali 5 iyunga qadar davom etadi.








