O‘zbekistonning 3 ta viloyatida qor yog‘di
Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.

Bugun, 22-may kuni respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘di. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod va Kitob tumani, shuningdek, Jizzax viloyatining Zomin tumani tog‘li hududlari qor bilan qoplangan. Shuningdek, Samarqand viloyatning Urgut tumanidagi tog‘larga ham qor yog‘gan.
Respublikaning ayrim hududlarida, xususun, Namangan viloyatida esa kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Chust tumaniga sel kelishi oqibatida aholi yashash xonadonlari suvga to‘lgan.








