Turkiyalik talabalar avtohalokatga uchradi
Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar bor.

Turkiyaning Nig‘de provinsiyasida talabalarni Adana shahridan Koniyaga olib ketayotgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 2 kishi vafot etgan, 42 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtohalokatga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi va transport vositasining yo‘ldan chiqib ketishi sabab bo‘lgan.
Jarohatlanganlar shifoxonalarga yotqizilgan. Polisiya hozirda tergov ishlarini olib bormoqda.







