Ukrainada «V» va «Z» belgilaridan foydalanish taqiqlandi
Endi ularni kiyim-kechaklarda qo‘llash va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatish mumkin emas.

Bugun, 22-may kuni Ukraina Oliy Radasining yig‘ilishida prezident kiritgan tuzatishlarni inobatga olgan holda, «V» va «Z» belgilaridan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Parlament bu qarorni rus propagandasiga qarshi kurash doirasida qabul qilgan.
Ma’lum qilinishicha, yangi qonun lotincha «Z» va «V» harflarini alohida qo‘llashni va ularni kiril alifbosidagi «Z», «S», «V», «F» harflari bilan almashtirishni taqiqlaydi.
Shuningdek, endi Ukrainada taqiqlangan ramzlarni kiyim-kechaklarga, reklama afishalariga qo‘llash yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish mumkin emas. Bundan tashqari, 24-fevraldan keyin yaratilgan filmlar, teleko‘rsatuvlar va boshqa videomateriallarda ushbu belgilardan foydalanish taqiqlanadi.








