Dunyo tartibotining kuch vositasida o‘zgartirilishiga qarshimiz — Fumio Kisida
Yaponiya bosh vaziri Jozef Bayden bilan muzokara o‘tkazdi.

Yaponiya va AQSH shakllangan dunyo tartiboti va status-kvoning kuch ishlatish yo‘li bilan o‘zgartirilishiga qarshi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Jozef Bayden bilan muzokaralar yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
“Biz qayerda bo‘lishidan qatʼiy nazar, shakllangan dunyo tartibotini kuch ishlatish yo‘li bilan o‘zgartirilishiga qarshi chiqamiz”, — degan u. Kisida Ukrainadagi vaziyat hamda Janubiy va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi holatni misol qilib keltirgan.
Shu bilan birga Yaponiya bosh vaziri Vashington bilan energetika hamda oziq-ovqat tanqisligi sohasida hamkorlik qilishini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadagi vaziyat ortidan energetika va oziq-ovqat yo‘nalishida vaziyat keskin yomonlashdi.
Avvalroq Bayden Xitoy va Shimoliy Koreyaga vaksina yetkazib berishga tayyorligini aytgandi.







