Norvegiya Ukrainadagi vaziyat fonida katta foyda olmoqda — Polsha bosh vaziri
Moraveskiy buni adolatsizlik deb atagan.

Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiyning fikricha, Norvegiya Ukrainadagi vaziyat ortidan neft va gazdan katta daromad olmoqda. U Osloni bu foyda bilan bo‘lishishga chaqirdi.
"Neft va gaz narxining ko‘tarilishi besh million aholiga ega kichik Norvegiyaga 100 milliard yevro foyda keltirdi. Ular darhol bu gigant summani boshqalar bilan bo‘lishishi kerak", — degan Moraveskiy. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu noodatiy va adolatsiz holat.
Avvalroq Xitoy Rossiyadan katta chegirma evaziga neft sotib olayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







