O'zbekiston

OTBda anʼanaviy ravishda G20 davlatlari egallab kelgan lavozimga O‘zbekiston vakilini tayinlash taklif qilindi

Sardor Umrzoqov OTB vitse-prezidenti bilan uchrashdi

OTBda anʼanaviy ravishda G20 davlatlari egallab kelgan lavozimga O‘zbekiston vakilini tayinlash taklif qilindi

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Ashok Lavas bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va OTB o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

OTB rahbariyati so‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida xususiy sektorning rolini mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratilganini maʼlum qildi. Shu munosabat bilan xususiy sektor loyihalarini, ayniqsa, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun Bank resurslarini jalb qilishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy sohalarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdilar. Ashok Lavasa Bank DXSH sohasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi. DXSH mexanizmlaridan foydalangan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi maktab va boshqa muassasalarni modernizatsiya qilish, shuningdek, Andijon va Buxoroda ko‘p tarmoqli shifoxonalar qurish loyihalarining hamkorlik kun tartibiga kiritilgani bundan dalolat beradi.

 

Uchrashuv davomida amaldagi loyihalarni ilgari surish, transport, elektr energiyasi va sog‘liqni saqlash sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmini ishlab chiqish va joriy etishga OTB mutaxassislarini jalb qilish, O‘zbekistonda tijorat banklariga taqdim etilayotgan kredit liniyalari hajmini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi.

 

Shuningdek, alohida loyiha va tashabbuslar bilan bog‘liq masalalar, jumladan, mamlakatimiz hududlaridagi boshlang‘ich maktablarni modernizatsiya qilish va jihozlash dasturi, “O‘rta taʼlimda STEM (fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika) metodologiyasini joriy etish” loyihasi, shuningdek, “We-Fi” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv yakunida vitse-prezident A.Lavasa OTB Prezidentining Bank Prezidenti, vitse-prezidentlari va OTB Direktorlar Kengashi aʼzolarining ish haqi darajasini belgilovchi OTBning mukofotlash bo‘yicha qo‘mitasi raisi lavozimiga O‘zbekistondan Boshqaruvchi nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori haqida maʼlum qildi. Ilgari bu lavozim anʼanaviy ravishda G20 mamlakatlari vakillari tomonidan egallab kelingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

OTBda anʼanaviy ravishda G20 davlatlari egallab kelgan lavozimga O‘zbekiston vakilini tayinlash taklif qilindi | Zamon.uz