Qashqadaryoda Irrigatsiya boshqarmasi binosidan 1,5 metli ilon chiqdi
Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Bugun, 22-may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida AMU Irrigatsiya tizimlari boshqarmasining 3-qavatidagi xonalarining birida uzunligi taxminan 1,5 metr keladigan ilon borligi haqida viloyat FVB ga xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, ilonni tutib, xavfni bartaraf qilishgan. Hozirda ilon tabiatga qo‘yib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Namangan viloyatidagi xonadondan 4 metrli ilon chiqqani bo‘yicha xabar berilgandi.








