Украиналиклар иллюзияга берилмаслиги керак — Франция вакили
Kiyevning qachon YIga kirishi maʼlum qilindi.

Ukraina kamida 15-20 yil Yevroittifoqqa qabul qilinmaydi. Bu haqda Fransiyaning Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Kleman Bon maʼlum qildi.
"Biz adolatli bo‘lishimiz kerak. Agar siz Ukrainaning 6 oy, yoki bir-ikki yilda YEI aʼzosi bo‘ladi desangiz, adashasiz", — degan u.
Bonning qo‘shimcha qilishicha, bu kamida 15 yoki 20 yilda amalga oshiriladi.
"Men ukrainaliklarga hech qanday illyuziyaga berilmaslikni taklif qilaman", — deb qayd etgan fransuz amaldori.
Ukraina mart oyida YI aʼzoligi uchun ariza topshirgandi.







