Farg‘onada pul evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushgan.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro M.ni Farg‘ona davlat universitetining “Tasviriy san’at” fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1000 AQSH dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Tekshiruv davomida o‘z aybiga iqror bo‘lib, qaytargan 1 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.








