“Inson qadri” platformasi ishga tushirildi
Onlayn portal «Taraqqiyot strategiyasi» markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Endilikda aholi “davlatdasturi.uz” onlayn platformasi orqali Davlat dasturlarida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan batafsil tanishishlari, shuningdek, tegishli yo‘nalish va unda amalga oshirilishi belgilangan ishlar ijrosi yuzasidan o‘z fikr, taklif va eʼtirozlarini bildirishlari ham mumkin bo‘ladi.
Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining ijrosi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilik tomonidan kuzatib borish imkonini yaratish maqsadida portal maʼlumotlari muntazam yangilanib boriladi.
Shu bilan birga, platformada Davlat dasturining har bir bandining ijro holatini ko‘rsatib o‘tish imkoniyati yaratilgan. Mazkur imkoniyatlar tegishli davlat organlarining Davlat dasturining ijrosi bo‘yicha masʼuliyati va hisobdorligini oshiradi.
Eng muhimi, portalda amalga oshirilgan islohotlarni o‘z hayotida his qilishi kerak bo‘lgan fuqarolarda ijro holati bo‘yicha o‘z munosabatlarini foto, video yoki elektron hujjatlarni yuklash orqali ham jo‘natish imkoniyati yaratilgan.







