O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

Muloqotda xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi

 

Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

 

Suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘tgan yil noyabr oyida Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Joriy yil boshidan faol muloqotlar va o‘zaro tashriflar sur’ati oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mart oyi oxirida birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi hamda aprel oyida O‘zbekiston poytaxtida yangi mintaqaviy formatda tashkil etilgan “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida ikki tomonlama tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

 

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ustuvor loyihalar davom ettirilmoqda. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash hajmi 40 foizga oshdi.

 

Gumanitar hamkorlikka doir, shu jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va sport sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi kooperasiya aloqalarini chuqurlashtirish va hududlararo aloqalarning katta salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini qayd etdi.

 

Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Ikki mamlakat Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiqlik, ishonch va do‘stonalik ruhida o‘tdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz