Jahon

AQSH Tayvanning mudofaa salohiyatini kuchaytirish niyatida

Bunda Ukrainadagi tajriba inobatga olinadi.

AQSH Tayvanning mudofaa salohiyatini kuchaytirish niyatida

 

AQSH Ukrainaga qurol yetkazib berish tajribasidan kelib chiqib Tayvanning mudofaa salohiyatini kuchaytirishni tezlashtirdi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib The New York Times  xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, AQSH Xitoyning ehtimoliy hujumini oldini olish uchun mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi. Shu maqsadda Tayvanning mudofaa salohiyatini mustahkamlash maqsad qilingan.

 

Vashington bu borada Kiyevga qurol yetkazib berish tajribasini o‘rganib chiqmoqda. AQSH administratsiyaning ayrim amaldorlari orolda qurol va boshqa vositalarni ko‘paytirmoqchi. Agar bu reja amalga oshsa, Tayvanga hujum o‘ta qimmatga tushishi mumkin.  

 

Shuning uchun Vashington tayvanliklarga F-16V qiruvchi samolyotlari, reaktiv tizimlar va kemaga qarshi qurollar sotishni vaʼda qilgan. Bundan tashqari, Ukrainada bo‘lgani kabi Tayvanga ham razvedka maʼlumotlari taqdim  etilishi mumkin.

 

Tayvan 1949 yildan buyon shaxsiy administratsiyasi tomonidan boshqarib kelinadi. Bu yerga Xitoy fuqarolar urushida Gomindan armiyasiga boshchilik qilgan Chan Kayshi boshchiligidagi kuchlar joylashadi. O‘sha paytdan buyon Tayvan shaxsiy bayroq va ayrim ramzlarni saqlab keladi.  Ammo xalqaro huquq nuqtayi nazaridan orol Xitoyning ajralmas qismi hisoblanib, bu dunyoning deyarli barcha davlatlari tomonidan tan olinadi.

 

Avvalroq Xitoy Tayvanning JSSTga taklif qilinishiga qarshi chiqqandi.

 

 

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Tayvanning mudofaa salohiyatini kuchaytirish niyatida | Zamon.uz