Buxoroda maktab bitiruvchisi direktorning ustiga suv sepib yubordi
Viloyat XTB bayram vaqtida yuz bergan holat sababini ma’lum qildi.

Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi So‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami vaqtida maktab direktori ustiga suv sepib yubordi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi masullari tomonidan dastlabgi o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganishlar jarayonida maktabning 11-sinfida tahsil olayotgan o‘quvchi shu kuni o‘tkazilgan tadbir davomida unga faxriy yorliq berilmaganligidan norozi bo‘lib, jahl ustida maktab direktorining ustiga suv sepib yuborganligi aniqlangan.
Hozirda o‘quvchining xatti-harakati yuzasidan uning ota-onasi bilan birgalikda IIB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi o‘rganish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berishini va tegishli qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.








