O'zbekiston

O‘zbekiston-Eron diplomatik aloqalarining 30 yilligi keng nishonlandi

Tadbir Tehronda bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston-Eron diplomatik aloqalarining 30 yilligi keng nishonlandi

 

2022-yil 23-may kuni Tehron shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.

 

Unda Eron, Turkiya, Qozog‘iston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, IHT Bosh kotibi, Eron Tashqi ishlar vazirligi xodimlari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston elchilari, biznes, ekspert va tahliliy doiralar hamda Eronda akkreditatsiya diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov tadbir ishtirokchilarini qutlab, sana munosabati bilan ezgu tilaklarini  izhor etdi.

 

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xosrav Noziriy O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarga mustahkam do‘stlik, yana-da farovonlik va barqarorlik tiladi.

 

Bayram davomida O‘zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatini ochib beruvchi videofilmlar namoyish etildi.

 

Avvalroq Eron va O‘zbekiston TIV o‘rinbosarlari uchrashgandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston-Eron diplomatik aloqalarining 30 yilligi keng nishonlandi | Zamon.uz