Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga hamdardlik bildirdi
Bu Texasdagi otishma munosabati bilan amalga oshirilgan.

Bugun, 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining Texas shtati Yuvalde shaharchasida sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Jozef Baydenga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni ertalab Texasdagi boshlang‘ich maktabda otishma yuz bergandi. Hodisa oqibatida 14 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan. Mahalliy hukumat ma’lumotiga ko‘ra, otishma 18 yoshli o‘smir tomonidan sodir etilgan.








